Moskvada erkak taksi va politsiya mashinalari ustiga sakradi (video)

Moskvadagi «Alekseyevskaya» metro bekati yaqinida erkak bir nechta avtomobil, jumladan, taksi va politsiya mashinasining ustiga sakrab, mojaro chiqardi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea BMW haydovchisi taksi unga xalaqit berib, uni aylanib o‘tishga uringanidan keyin boshlangan. Erkak mashinasidan tushib, yo‘lda turgan boshqa avtomobillarning ustiga sakray boshlagan.
Guvohlarning aytishicha, u o‘zini «Ivanov Ivan Andreyevich» deb tanishtirgan. Erkak o‘zining aktyor ekanini, mashhurligini va ayni paytda kino suratga olayotganini aytgan.
Uning «tomoshasi»dan taksi va boshqa avtomobillar bilan birga politsiya mashinasi ham chetda qolmagan. Erkak navbatdagi sakrashlaridan birida huquq-tartibot xodimlarining xizmat avtomobili ustiga chiqqanidan so‘ng qo‘lga olingan.
Moskva 24 ma’lumotiga ko‘ra, erkak voqea davomida qilmishlarini telefonga tasvirga olgan va keyin politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ayrim xabarlarda u majburiy psixiatriya davolashiga yuborilgani aytilgan.






























Izohlar 0
…