Chilonzorda harakatlanayotgan mashina ustiga daraxt quladi

Chilonzorda harakatlanayotgan mashina ustiga daraxt quladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida kutilmagan hodisa sodir bo‘ldi. 1 oktyabr kuni kechasi harakatlanib borayotgan avtomobil ustiga daraxt sinib, qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 23:59 da Chilonzor tumani hududidan o‘tuvchi Kichik halqa ko‘chasida ro‘y bergan. Harakat vaqtida singan daraxt to‘satdan yo‘lda ketayotgan avtomobillardan biri ustiga qulab tushgan.

Hodisa haqida xabar tushishi bilan voqea joyiga qutqaruv ekipajlari hamda hamkorlikdagi xizmatlar zudlik bilan yo‘naltirilgan. Mas’ul xodimlar tomonidan zarur tezkor choralar ko‘rilgan.

Olib borilgan ishlar natijasida yo‘lda yuzaga kelgan to‘siqlar bartaraf etilgan. Shundan so‘ng Kichik halqa ko‘chasida avtomobillar harakati qayta tiklangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida fuqarolar orasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar