Shahzod Sultonov onasiga yangi mashina sovg‘a qildi

Aktyor Shahzod Sultonov onasiga yangi avtomobil sovg‘a qildi. U bu haqdagi xushxabarni Instagram sahifasida ulashgan suratlari orqali ma’lum qildi.
Suratlarda aktyorning onasi uchun xarid qilingan yangi avtomobil aks etgan. Mashinaga “Onajonimga” degan yozuv tushirilgani ham ko‘rinadi. Bu esa aktyorning onasiga bo‘lgan mehrini yana bir bor namoyon etgan.
Post ostida ko‘plab kuzatuvchilar Shahzod Sultonovni tabriklab, avtomobil onasiga muborak bo‘lishini tilagan. Izohlarda aktyor va uning onasiga iliq tilaklar bildirilgan.

Ma’lumot uchun, Shahzod Sultonov 1996 yil 27 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Aktyorning 16 iyun kuni to‘yi bo‘lib o‘tdi. U shu paytgacha bir qator filmlar va videokliplarda suratga tushgan.






























Izohlar 0
…