Malikada PPX xodimidan qochgan erkakni avtomobil urib yubordi (video)

Malikada PPX xodimidan qochgan erkakni avtomobil urib yubordi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Malika” bozori yaqinida erkak BYD Song Plus rusumli avtomobilga borib urilgani aks etgan video tarqaldi.

Tasvirlarda tez yugurib kelayotgan erkak avtomobil bilan to‘qnashganidan so‘ng o‘rnidan turib, yugurishda davom etganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, uning ortidan patrul-post xizmati (PPX) xodimi quvib kelayotgani aks etgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Kichik halqa yo‘lining “Malika” bozori ro‘parasidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Hozircha voqea yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan rasmiy izoh berilgani haqida ma’lumot yo‘q. Erkak nima sababdan PPX xodimidan qochgani va hodisaning boshqa tafsilotlari ham noma’lum.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar