Xonqada qarzdorga tegishli qidiruvdagi BYD avtomashinasi xatlandi

Xonqada qarzdorga tegishli qidiruvdagi BYD avtomashinasi xatlandi

Honqa tumanida mast holda boshqa fuqaroga tegishli bo‘lgan “COBALT” rusumli avtomashinani boshqargan erkak sud qarori bilan 3 (uch) yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrim etilib, unga nisbatan 16.480.000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudining ijro varaqasiga asosan huquqbuzar Q.A.dan 16.480.000 so‘m jarima summasini Respublika budjeti daromadiga undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Sud qarorida ko‘rsatilgan jarima summasini to‘lashligi bo‘yicha huquqbuzar Q.A. bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan va ihtiyoriy ravishda belgilangan summani to‘lamagan.

Davlat ijrochisi S.Sapayev tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va boshqarma Qidiruv sho‘basi xodimlarining qidiruv harakatlari natijasida huquqbuzar Q.A.ga tegishli bo‘lgan BYD SONG PLUS rusumli avtotransport vositasi topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda, transport vositasini mustaqil baholovchi tashkilotga baholatib, baholash ishlari yakunlangach, uni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘riladi.

Auksiondan tushgan mablag‘lar esa qarzdorning jarima summalarini qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar