Toshkentda iPhone 18 Pro Max sotuvga chiqdimi? Aytilgan narxni ko‘rib, hayron qolasiz

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi iPhone 18 Pro Max smartfonlari allaqachon Toshkentdagi "Malika" bozorida paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim ma’lumotlarda yangi modelning narxi 4500 dollargacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.
Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, ayniqsa trenddagi olcha rangidagi iPhone 18 Pro Max xaridorlarda qiziqish uyg‘otgan.
Biroq hozircha smartfonlarning Toshkentda sotilayotgani va aytilgan narx rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan.
Narx nega bunchalik yuqori?
Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarda ayrim yangi qurilmalar uchun 4500 dollargacha narx so‘ralayotgani aytilgan. Bu rasmiy chakana narx emas, balki ilk qurilmalar uchun sotuvchilar tomonidan belgilangan narx bo‘lishi mumkin.































Izohlar 0
…