Baland musiqa sabab tez yordamni eshitmagan BYD haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida sirena va maxsus chiroqlari yoqilgan tez yordam avtomobiliga yo‘l bermagan BYD Song Plus haydovchisiga nisbatan chora ko‘rildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari haydovchining shaxsiga aniqlik kiritib, u bilan suhbat o‘tkazgan.
Haydovchi avtomobil oynalari yopiq bo‘lgani va salonda musiqa baland yangragani sabab tez yordam mashinasining sirenasini eshitmaganini bildirgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. BYD Song Plus avtomobili esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mutaxassislar haydovchilarni yo‘lda maxsus tovushli va yorug‘lik signallarini yoqqan tezkor xizmat transportlariga o‘z vaqtida yo‘l berishga chaqirmoqda.






























Izohlar 0
…