Fuqaroning 116 mln. so‘m aliment qarzdorligi yaqin qarindoshlari tomonidan to‘lab berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2022 yil 31 oktyabrdagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor X. A dan undiruvchi M. D foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti aliment undirish belgilangan.
Biroq qarzdor zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmasdan, 116 mln. so‘m miqdorida aliment qarzdorligi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan qarzdorga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilib, 2026 yil 19 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi to‘rtinchi qismiga asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdorning yaqin qarindoshlari tomonidan 116 million so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligi to‘liq to‘lab berildi.
Ushbu holat ota-onalarning farzandlari oldidagi moddiy ta’minot majburiyatlarini o‘z vaqtida va vijdonan bajarishi naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…