Buxoroda ayol hamkasbiga shahvoniy shilqimlik qilgan jarroh 5 sutkaga qamaldi

1 daqiqa o'qish1
Buxoroda ayol hamkasbiga shahvoniy shilqimlik qilgan jarroh 5 sutkaga qamaldi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida jarroh shifokor kasb bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ayol hamkasbiga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Voqea 2026 yil 6 noyabr kuni Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yuz bergan. Jarroh bo‘lib ishlovchi B.B. tadbir davomida spirtli ichimlik iste’mol qilib, ayol hamkasbiga shilqimlik qilgan.

Ayol undan bunday harakatlarni to‘xtatishni so‘ragan. Biroq shifokor keyinchalik ham unga jinsiy aloqa qilishni taklif etuvchi shahvoniy mazmundagi SMS-xabarlar yuborgan.

Sud majlisida B.B. aybiga iqror bo‘lib, hamkasbidan uzr so‘ragan. Ammo jabrlanuvchi uni kechirmasligini bildirib, nisbatan og‘irroq jazo tayinlashni so‘ragan.

Ma’lum bo‘lishicha, dastlab holat mayda bezorilik sifatida baholangan. Biroq sud shifokorning harakatlarini shahvoniy shilqimlik deb topib, ishni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha qayta kvalifikatsiya qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi qarori bilan shifokorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?