Shahrisabzda tilanchilik qilgan ayol jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tilanchilik bilan shug‘ullangan ayolga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llandi. Undan yig‘ib olgan 8 ming so‘m ham davlat foydasiga musodara qilindi.
Ma’lum qilinishicha, ayol 2026 yil 5 noyabr kuni yerosti yo‘lagida o‘tkinchilardan pul so‘rab yurgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlangan.
Tekshiruv davomida undan tilanchilik orqali yig‘ilgan 8 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan sud qarori chiqarilib, fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188³-moddasi bilan aybdor deb topilgan. Unga 440 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan. Shuningdek, tilanchilik orqali yig‘ilgan 8 ming so‘m ham davlat foydasiga musodara qilingan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…