O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiylari o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Ayni paytda o‘qituvchilar toifasini himoya qilish va yangi toifa berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat inspeksiyasi tomonidan har besh yilda bir marta pullik asosda ma’lum sinovga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo oddiy mutaxassis va oliy toifali o‘qituvchiga to‘lanadigan haq orasidagi farq atigi 22 foizni tashkil etadi. Bu ham bir tomondan adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bildirilayotgan takliflar inobatga olinsa, maktablarda dars berayotgan oddiy mutaxassis bilan ikkinchi, birinchi, oliy toifali o‘qituvchiga to‘lanadigan haq orasida sezilarli darajada farq vujudga keladi. Yuqori malaka va ish stajiga ega pedagog maoshi keskin oshadi. Bunda direktor fondi hisobidan to‘lanadigan ustamalar umumlashtiriladi. Ya’ni, ustamani direktor belgilamaydi. Ana shunda tajribali, yaxshi o‘qituvchilarning obro‘-e’tibori, qadr-qimmati ham yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi