Toshkentdagi to‘yxonalar garchi zarariga ishlamasada, hozirdanoq ixcham to‘ylar o‘tkazish orqali daromadlariga putur yetkazmaslikning yo‘lini o‘ylab topmoqda, deb xabar berdi Hordiq nashri.
O‘zbekiston Prezidentining to‘ylarni ixchamlashtirish borasida bildirgan fikrlarini inobatga olgan holda, Sherzod Abdullayev ismli yigit hali bu borada rasmiy hujjat chiqmasidan turib, ixcham to‘y o‘tkazishga qaror qildi.
«Men 100—150 mehmonga mo‘ljallangan ixcham to‘yni o‘tkazishga qaror qildim. Dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beshta to‘yxonaga bordim, biroq ularning aytishicha, qancha odam kam bo‘lsa, shuncha qimmatga tushar ekan. 150 kishiga joy aytsam ham yoki 300 kishiga aytsam ham — farqi yo‘q, umumiy sarf-xarajat shundayligicha qolarkan», — deydi Sherzod Abdullayev.
Uning ta’kidlashicha, avvaliga to‘yxona ma’muri har bir odam uchun 80—100 ming so‘mdan to‘g‘ri kelishini aytgan. Biroq kuyov bo‘lmish to‘y marosimiga 150 kishini taklif etmoqchiligini aytganida, u kishi boshiga tushadigan mablag‘ ikki barobarga oshishini so‘zlagan. Uning qayd etishicha, kamchilikka ziyofat uyushtirish ularga foyda keltirmaydi.
«Novosti Uzbekistana» muxbiri ushbu masala yuzasidan Davlar raqobat qo‘mitasining reklama faoliyatini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi rahbari Dilshod Azimovga murojaat qildi.
«To‘g‘ri, ayni vaqtda Senat to‘ylarning o‘tkazilishini tartibga solish borasida tegishli qarorni ishlab chiqmoqda. Bugungi kunda bizda restoranlarda kishi boshiga to‘g‘ri keladigan sarf-xarajatlarning taxminiy qiymati mavjud. Biz Senat qarori narxlarning oshib ketishiga ta’sir qilmasligini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni amalga oshiramiz. Muntazam monitoring qilib boramiz. Sun’iy ravishda narxlar oshirilsa, ushbu kafe yoki restoran ro‘yxatdan o‘tgan hokimlikka tegishli farmoyishni yuboramiz», — deydi Dilshod Azimov.
Shuningdek, Davlat raqobat qo‘mitasi vakilining ta’kidlashicha, ular Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur o‘zbek segmentlarida paydo bo‘ladigan postlarni muntazam kuzatib boradi. Ammo bu kabi holatlarda u fuqarolardan 1082 qisqa raqamlari orqali monopoliyaga qarshi kurashish organlariga yoki 1091 raqami orqali Iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilishni so‘radi.
«Bir narsaga e’tibor qaratishingizni so‘rayman — bizda hamma narxlar ham nazorat qilinmaydi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tadbirkor ayrim tovar va xizmatlariga erkin ravishda narx qo‘ya oladi. Ammo kimdir ‘Kecha akamning to‘yi bo‘ldi va u har bir odam uchun 50 ming so‘mdan to‘ladi. Bugun esa narxlar ikki yoki uch barobar oshirib yuborilgan’, — deb murojaat qilsa, biz albatta, bu bilan shug‘ullanamiz», — deydi Azimov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin