20 aprel kuni AQSh Davlat departamenti 2017 yil davomida Inson haq-huquqlariga oid amaliyot hisobotini e’lon qildi. Hisobotni Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan taqdim etdi.
Unga ko‘ra, AQSh butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini himoya qilish, erkinlik va ozodlikni ta’minlashda kamarbasta bo‘lishi ta’kidlangan. AQSh Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivan nutqi davomida inson huquqlari sohasida ijobiy tendensiya kuzatilayotgan mamlakatlar qatorida O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga ham munosabat bildirdi.
«Mamlakatda qilinishi kutilayotgan ishlar ko‘pligiga qaramay, O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilishga xizmat qilayotgan strategik islohotlar dasturini qabul qildi. Sakkiz nafar mahbusning (jurnalist va siyosiy faollar nazarda tutilmoqda - tahr.) ozod etilishi shu ijobiy o‘zgarishlar jumlasidandir», deydi u.
Hisobotda Rossiya, Turkiya, Venesuela bilan yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar tanqid qilingan. Amaldor Magnitskiy ro‘yxatiga kiritilishi nazarda tutilgan bandlar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi