22:50 / 15.05.2018
6 349

Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomg‘ir ko‘plab uylarni vayronaga aylantirdi

Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomg‘ir ko‘plab uylarni vayronaga aylantirdi
Ayniqsa, Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchilar seldan jiddiy jabr ko‘rdi. 13 dan 14- mayga o‘tar kechasi kuchli sel kelishi natijasida 5 ta mahalla ahliga qiyin bo‘ldi.

Xabar qilishlaricha, Jillisuv mahallasida 112 ta uy suv ostida qolgan. Shularning yettitasi yashashga yaroqsiz deya hisoblandi. Bog‘ibaland mahallasida 15 ta, Anorzorda 3 ta, Makridda 36 ta, Ayoqchida esa 40 ta uy jiddiy ziyon ko‘rdi.

Bundan tashqari, sel qishloqlarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi jami 12 ta ko‘prikni ham yuvib ketgan. Avtomobil yo‘llari suv ostida qolishi natijasida mashinalar harakati to‘xtatib qo‘yildi. Ba’zi fuqarolar sel tufayli mashinalari yo‘qolgani haqida militsiya bo‘limiga murojaat etgan. Halok bo‘lganlar, jarohat olganlar, bedarak yo‘qolganlar haqida xabar berilmadi. Faqat ayrim xonadonlarga tegishli uy hayvonlari sirli tarzda g‘oyib bo‘lgani haqida ma’lumot berildi.

Hozirgi vaqtda sel tufayli ko‘rilgan zararni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Uyi suv ostida qolganlar vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan joylarga ko‘chirildi.

Manba: podrobno. uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomg‘ir ko‘plab uylarni vayronaga aylantirdi