date
views 5 456

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil etilmaganligi uchun javobgarlik belgilanadi

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil etilmaganligi uchun javobgarlik belgilanadi
Mehnat sharoitlarni yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish tizimini uzluksiz yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:
- Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
- Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha 2020-2021 yillarga ogohlantirish harakatlari dasturi;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylari uchun minimal mehnat sharoitlariga qo‘yiladigan talablar tasdiqlanadi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risidagi tarmoq nizomlarini ishlab chiqish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga:

tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil etilmaganligi uchun javobgarlikni belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini o‘tkazish, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligini tatbiq etish va rioya qilish masalalari bo‘yicha xodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlariga konsultativ va metodologik yordam ko‘rsatish;

mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, shuningdek muayyan ish beruvchilarda mehnatni muhofaza qilish sohasida siyosatni, maqsadlarni va tartiblarni belgilash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar va risklarning ta’sirini pasaytirish, shu asosda mehnat unumdorligini oshirilishini rag‘batlantirish bo‘yicha xalqaro standartlar va xavfsizlik usullarini joriy qilish;

xavfsizlik texnikasi va mehnat gigiyenasi qoidalarini amaliyotda tatbiq etilishini namoyishi bilan ish beruvchi va xodimlar uchun plakatlar, broshyuralar tayyorlash va tarqatish, videoroliklar, ma’ruzalar, muzokaralar va seminarlar, ko‘rgazmalarni tashkil etishni o‘z ichiga olgan mehnatni muhofaza qilish masalalari va mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil etilmaganligi uchun javobgarlik belgilanadi