
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 30 oktyabr kuni mamlakatning ko‘pchilik hududlarida barqaror va yomg‘irsiz ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahrida osmon biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 8–10, kunduzi esa 23–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ham havo asosan ochiq bo‘ladi. Faqat kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan esib, ba’zi hududlarda kuchayishi ehtimol qilinmoqda. Kunduzi harorat 25 darajagacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiyda yomg‘irsiz, iliq va barqaror ob-havo kutilmoqda — harorat tungi 6–11 darajadan kunduzgi 25 darajagacha ko‘tariladi.
Markaziy viloyatlarda — Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda ham havo yomg‘irsiz va biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi 20–25 daraja, kechasi esa 6–11 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo iliqroq — kunduzi 28 darajagacha, kechasi esa 13 darajagacha bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) havo biroz bulutli, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 18–23 daraja, kechasi 6–11 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmaydi, ammo havo salqin bo‘ladi: tungi harorat 2–7 daraja, kunduzi esa 12–17 daraja atrofida.
Mutaxassislar ma’lum qilishicha, bu hafta mamlakat bo‘ylab iliq va barqaror ob-havo saqlanib turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!