Davlat isitish mavsumida 1,1 mln oilaga yordam beradi

1 daqiqa o'qish455
Davlat isitish mavsumida 1,1 mln oilaga yordam beradi

Isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun 1,2 trillion so‘m ajratiladi, deb xabar berdi [Ijtimoiy himoya milliy agentligi].

Prezident qaroriga muvofiq, bu yil ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturiga 1,1 milliondan ziyod oila kiritildi. Ulardan 822 mingtasi avvaldan ijtimoiy reyestrda bo‘lgan, yana 290 mingga yaqini “Mahalla yettiligi” orqali qo‘shimcha aniqlangan.

Qo‘shimcha ro‘yxatga boquvchisini yo‘qotganlar, nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar, og‘ir kasallikka chalinganlar, yolg‘iz keksalar va gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar ham kiritilgan. Shuningdek, mehnat migratsiyasidagi boquvchisi bor yoki vaqtincha ishsiz shaxslar yashaydigan xonadonlar ham yordam oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 120 ming oilaga 270 ming so‘mdan moddiy yordam berilgan bo‘lsa, bu yil ajratiladigan mablag‘ miqdori 2,5 barobarga oshirilgan.

Dastur doirasida ajratiladigan 1,2 trillion so‘m davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Mutaxassislar bu tashabbus isitish mavsumida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun katta yengillik yaratishini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?