
Nepal Futbol Assotsiatsiyasi Rossiya terma jamoasi bilan ikki marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda Sport24 xabar bermoqda.
Assotsiatsiyaning bosh kotibi Kiran Rayning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uchrashuvlar Osiyo davlatlaridan biri – Nepal poytaxti Katmandu shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda asosiy va yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi.
"Biz kelasi yil iyun oyida yoki Jahon chempionatidan keyingi tanaffusda o‘ynashga tayyormiz. Rossiya tomonining rasmiy taklif xatini kutyapmiz va bunday kuchli jamoa bilan o‘ynashdan xursand bo‘lamiz", – dedi Ray.
Ayni vaqtda Nepal FIFA reytingida 180-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralash uchrashuvlarida muhim natijalarga erisha olmay, aksariyat o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar