Inson teri yuzasida koronavirusning qancha muddat saqlanib qolishi haqida olimlar turli tadqiqotlar olib borishmoqda. “Clinical Infectious Diseases” ilmiy jurnalida chop etilgan yapon olimlarining tadqiqotlarida aytilicha, yangi koronavirus odam terisida to‘qqiz soatgacha yashashi mumkin ekan.
Tadqiqot davomida Kioto prefekturasi Tibbiyot universiteti (Yaponiya) mutaxassislari turli xil qo‘zg‘atuvchilarni inson terisiga xavfsiz surish imkonini beradigan modelni yaratdilar. Natijada, terida yashay oladigan viruslarni va ularning yashash muddatini aniqlash maqsadida shifokorlar teriga yuz mingga yaqin turli xil viruslarni surkashdi.
Aniqlanishicha, koronaviruslar boshqa ma’lum bo‘lgan viruslarga qaraganda ancha uzoq vaqt faol holatda qolishadi.
Ma’lum bo‘lishicha, gripp viruslari terida ikki soatgacha xavfli bo‘lib qoladi. Shunga o‘xshash sharoitlarda "SARS-CoV-2" koronavirusining inaktivatsiya muddati 6 soatdan 11 soatgacha va o‘rtacha 9 soatgacha cho‘zildi. Shuningdek, shifokorlar metall, shisha yoki plastmassa kabi sirtlarda koronaviruslar bir necha kun davomida faol turishi mumkinligini tasdiqladilar.
E’tiborli jihati, yaponiyalik mutaxassislar ochiq teri va yuzalarni 80 foizli etanol bilan tozalaganda "SARS-CoV-2" zarralari taxminan 15 soniyada nobud bo‘lishini payqashdi. Shifokorlar qo‘llarni suv va sovun bilan muntazam yuvib turish va keyinchalik spirtli antiseptiklar bilan tozalab turish zarurligini ta’kidladilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"