Sunʼiy intellekt tabiatda mavjud boʻlmagan yangi va hayotiy viruslarni yaratdi

Arc Institute tadqiqotchilari sun'iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan, bakteriyalarni zararlovchi 16 ta to'laqonli hayotiy bakteriofag yaratdi. Evo modeli 700 000 ta potensial genomik ketma-ketlikni generatsiya qilgan, shundan eng istiqbolli 300 tasi laboratoriyada sintez qilingan. Yaratilgan faglar ichak tayoqchasiga, jumladan tabiiy Phi X-174 fagiga chidamli E.
AQShning Palo-Alto shahridagi Arc Institute ilmiy tashkiloti tadqiqotchilari ilk bor sunʼiy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan, biroq toʻlaqonli hayotiy bakteriofaglarni — bakteriyalarni zararkunanda sifatida yoʻq qiluvchi viruslarni yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Science jurnalida eʼlon qilingan mazkur ilmiy tajriba nanotexnologiyalar va biotibbiyot sohasida ulkan burilish yasashi mumkin, shu bilan birga, mutaxassislar oʻrtasida xavfsizlik borasida jiddiy xavotirlarni keltirib chiqardi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangi genomlarni generatsiya qilish uchun olimlar barcha hayot domenlariga oid millionlab DNK ketma-ketliklari asosida Evo deb nomlangan maxsus genom til modelini oʻqitishgan. Matnlar uchun moʻljallangan yirik til modellari tamoyillariga asoslangan ushbu tizim tabiiy genomlar boʻysunadigan evolyutsion cheklovlami aniqlab, ularning mutlaqo yangi variantlarini loyihalash imkonini berdi. Tadqiqot davomida odamlar uchun zararsiz boʻlgan va ichak tayoqchasiga (Escherichia coli) taʼsir koʻrsatadigan Phi X-174 bakteriofagi asosiy shablon sifatida olindi.
Sunʼiy intellekt yaratgan yuz minglab genomlar
The New York Times nashrining xabar berishicha, Evo modeli sinov jarayonida 700 000 ta potensial genomik ketma-ketlikni generatsiya qilgan. Shundan soʻng tadqiqotchilar ularning ichidan eng istiqbolli 300 tasini tanlab olib, laboratoriya sharoitida sintez qildilar va bakteriyalar ichiga joylashtirdilar. Natijada ulardan yetuk virus zarrachalari hosil boʻlib, shundan 16 ta fag toʻlaqonli hayotiy va faol ekanligi isbotlandi.Sintez qilingan faglar oʻzlarining tuzilishi jihatidan tabiiy analoglaridan sezilarli darajada farq qilgan. Ularning tarkibida mutlaqo yangi mutatsiyalar, gʻayrioddiy genlar va boshqaruvchi elementlar aniqlangan boʻlib, uzunligi ham turlicha boʻlgan. Masalan, faglardan biri oʻzining kapsidida (oqsil qobigʻida) evolyutsion jihatdan juda uzoqda joylashgan boshqa virusga tegishli boʻlgan DNKni qadoqlash oqsilidan foydalangan.
Antiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurash
Laboratoriya sinovlari sunʼiy intellekt yaratgan faglar turlicha infeksion faollikka egaligini va hatto tabiiy Phi X-174 fagiga nisbatan chidamlilik (rezistentlik) hosil qilgan E. coli shtammlarini ham zararlay olishini koʻrsatdi. Bir nechta generatsiya qilingan faglar aralashmasi chidamli bakteriyalar bilan juda tez kurashgan boʻlsa, tabiiy faglar aralashmasi bunga ojizlik qildi. Bu esa mazkur metodika kelajakda antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi samarali fag terapiyasini yaratishda muhim qadam ekanini koʻrsatadi.Biotexnologik xavfsizlik va tartibga solish muammolari
Biroq texnologiyaning jadal rivojlanishi mutaxassislarda haqli xavotirlarni uygʻotmoqda. Jons Hopkins universiteti huzuridagi Sogʻliqni saqlash xavfsizligi markazi professori Tom Inglsby va doktor Moritz Hanke Science jurnalidagi hammualliflikdagi maqolasida generatorli sunʼiy intellekt yordamida virus genomlarini sintez qilish imkoniyati uni boshqarish tizimidan oldinroq paydo boʻlganini taʼkidlashdi. Ularning fikricha, texnologiyani xavfsiz yoʻnaltiruvchi boshqaruv mexanizmlari hozircha mavjud emas.AQSh Milliy sogʻliqni saqlash institutlari (NIH) biologik agentlarning xavfini oshiruvchi tajribalarni taqiqlovchi yangi qoidalarni joriy etganiga qaramay, cheklovlar faqat hisoblash tadqiqotlariga taalluqli emas. Hujjat mavjud xavfli patogenlarga (masalan, chechak virusiga) asoslanmagan boʻlsa, yangi biologik shakllarni modellashtirishga ruxsat beradi. Natijada, sunʼiy intellekt orqali genom generatorlarini ishlab chiqish hozircha bevosita davlat tomonidan tartibga solinish doirasidan tashqarida qolmoqda.






























Izohlar 0
…