11:15 / 04.07.2022
1 726

Yassaviy maqbarasi ilmiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Yodgorlik xavf ostida bo‘lishi mumkin

Yassaviy maqbarasi ilmiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Yodgorlik xavf ostida bo‘lishi mumkin
Foto: «Kozhalar.kz»
Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasida ilmiy ekspertiza o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi «Xabar24».

Gap shundaki, cho‘l me’morchiligining durdona asari xavf ostida bo‘lishi mumkin. Namlik tufayli bino ichidagi devorlar zaxlab, shiftlarda mog‘orlar paydo bo‘lgan. Bu tarixchilarni xavotirga solmoqda. Ularning aytishicha, agar shunday davom etsa, tarixiy yodgorlik vayron bo‘lish xavfi ostida qolishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yaqinda maqbara bo‘ylab namlik sabablarini kuzatishga yordam beradigan maxsus datchiklar o‘rnatildi.

«Biz maqbaraga nima va qay yo‘sinda ta’sir qilishini, ob-havo sharoiti va yer osti suvlari qanday ta’sir qilishini tahlil qilishimiz kerak. Bularning barchasini o‘rganamiz. Allaqachon tegishli datchiklarni sotib olgandik, ular o‘rnatildi. Endi bu datchiklar yozda sodir bo‘ladigan holatlarni hisoblaydi, bahor va qishda nima bo‘lishini hisoblaydi. Ushbu tahlillarning barchasiga asoslanib, biz tegishli ekspertiza o‘tkazamiz. Ekspertiza nafaqat mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi, balki biz eng yaxshi xorijiy ekspertlarni ham jalb qilmoqchimiz, ular bizga nima qilishimiz kerakligini aytdi», — dedi Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev Turkistonga amaliy tashrifi chog‘ida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yassaviy maqbarasi ilmiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Yodgorlik xavf ostida bo‘lishi mumkin