
Bir necha yillik tayyorgarlik va uzoq davom etgan kasting jarayonlaridan so‘ng HBO rasman "Garri Potter" seriyali teleserialini suratga olish ishlari boshlanganini e’lon qildi.
Bu loyiha so‘nggi yillardagi eng kutilgan ekranlashtirishlardan biri hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, serialga realistik vizual effektlar, asl kitobga yaqin syujet yo‘nalishi va mukammal aktyorlar tarkibi jalb qilingan.
Asosiy qahramon – Garri Potter obrazini yosh va iqtidorli aktyor Dominik Maklaflin ijro etadi. Uni tanlash jarayoni bir necha bosqichli kasting orqali amalga oshgan va muttaxassislar unda bosh qahramonning qalbini aks ettiruvchi sifatlarni ko‘rgan.
Serialning ilk fasli 2027 yilda namoyish etilishi kutilmoqda. Unda har bir kitob alohida mavsum sifatida qayta namoyon etiladi, bu esa Joan Roulingning mashhur asariga yanada chuqurroq va batafsil yondashuvni ta’minlaydi.
Fanatlar esa allaqachon "Ollivander do‘koni" orqali o‘z tayoqchalarini tayyorlab qo‘ygan – endi esa barcha pultlar tayyor bo‘lsin! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar