Los-Anjelesda 360 darajali “Garri Potter” kinoteatri ish boshladi

1 daqiqa o'qish117
Los-Anjelesda 360 darajali “Garri Potter” kinoteatri ish boshladi

AQSHning Los-Anjeles shahrida “Garri Potter va sehrgarlar toshi” filmining 25 yilligi munosabati bilan mutlaqo yangi formatdagi 360 darajali kinoteatr o‘z eshiklarini tomoshabinlar uchun ochdi. Loyiha Warner Bros. va Cosm kompaniyalari hamkorligida amalga oshirildi.

Yangi kinoteatrning asosiy o‘ziga xosligi — diametri 26 metr bo‘lgan ulkan 12K aniqlikdagi gumbazsimon ekrandir. Ushbu texnologiya tomoshabinlarga film voqealari ichida yurgandek taassurot uyg‘otadi. Tasvirlar nafaqat qarshida, balki tepa va yon tomonlarda ham aks etib, to‘liq immersiv muhit hosil qiladi.

Ayniqsa, minglab maktublar uchib keladigan mashhur sahna maxsus vizual effektlar bilan namoyish etilib, tomoshabinlarda voqealar markazida turgandek taassurot uyg‘otadi.

Tashrif buyuruvchilar uchun film mavzusiga mos maxsus taom va ichimliklar ham tayyorlangan. Jumladan, afsonaviy “Shokoladli qurbaqalar” hamda Xogvarts fakultetlari uslubida bezatilgan kokteyllar taklif etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noyob kino tajribasi uchun chiptalar narxi o‘rindiq joylashuviga qarab 46 dollardan 80 dollargacha etib belgilangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?