Zebo Raximova “Student”ning 2-fasli uchun noodatiy taklifnomalar tarqatdi

Zebo Raximova “Student”ning 2-fasli uchun noodatiy taklifnomalar tarqatdi
Qisqacha

Aktrisa va bloger Zebo Raximova san’atkorlarga “Student 2” komedik serialining yopiq premyerasi uchun qizil diplom ko‘rinishidagi noodatiy taklifnomalarni tarqatdi. “Student” serialining 2-fasli 14 avgust kuni soat 18:00 da namoyish etiladi. Serialning 1- va 2-qismlari shu vaqtda YouTube’da, keyingi qismlari esa ITV kanalida e’lon qilinadi.

Aktrisa va bloger Zebo Raximovaning san’atkorlarga yangi “Student 2” komedik seriali yopiq premerasiga noodatiy qizil diplom ko‘rinishidagi taklifnomalarni topshirayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Student” serialining 2-fasli 14 avgust kuni soat 18:00 da premera qilinadi. Zebo Raximova serialni tomosha qilishni istaganlar uchun uning ilk qismlari aynan shu vaqtda YouTube platformasida ham namoyish etilishini ta’kidlagan.

Serialning 1- va 2-qismlari YouTube'da e’lon qilinadi. Keyingi qismlar esa ITV kanalida namoyish etilishi aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan taklifnoma topshirish jarayoni esa tomoshabinlarda serialning yangi mavsumiga nisbatan qiziqishni yanada oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar