Bo‘g‘irsoq pishirmoqchi bo‘lgan ayolning uyi yonib ketdi

Qirg‘izistonda bo‘g‘irsoq tayyorlamoqchi bo‘lgan ayolning uyi yong‘in oqibatida butunlay yonib ketdi. Hodisa 7 avgust kuni sodir bo‘lgan.
Ayolning aytishicha, bo‘g‘irsoq qovurish vaqtida qizigan yog‘ to‘satdan chaqnab, yong‘in kelib chiqqan. Alanga qisqa vaqt ichida uyning boshqa qismlariga ham tarqalgan.
Voqea aks etgan videoda ayol yong‘in sababli ikkinchi qavatdan farzandini pastda turgan odamlarga tushirib yuborgani, shundan so‘ng esa o‘zi ham derazadan sakrab tushgani ko‘rinadi.
Hodisa oqibatida uy jiddiy zarar ko‘rgan. Yong‘in paytida ayol va farzandining hayoti xavf ostida qolgan.































Izohlar 0
…