Ranbir Kapur savoliga Amitabh Bachchan hazil bilan javob berdi

Ranbir Kapur savoliga Amitabh Bachchan hazil bilan javob berdi

Hindistonlik taniqli aktyor Amitabh Bachchan «Kaun Banega Krodepati 18» televizion dasturining Divali bayramiga bag‘ishlangan maxsus sonida bolalik xotiralaridan birini so‘zlab berdi. Ushbu ko‘rsatuvda aktyorlar Ranbir Kapur, Sai Pallavi va Ravi Dubey ham ishtirok etdi. Ular yangi «Ramayana» filmini targ‘ib qilish uchun dasturga taklif qilingan. Bu haqda India Today xabar berdi.

Dasturning tarqatilgan lavhasida Ranbir Kapur Amitabh Bachchandan Divali bayrami bilan bog‘liq xotiralari bor-yo‘qligini so‘raydi. Aktyor esa bolaligida bayram kunlari qo‘shnilar bilan mushakbozlik borasida o‘ziga xos raqobat bo‘lganini hazil bilan eslaydi.

«Qo‘shnilarnikida petarda portlasa, bizning petardalar ularnikidan ham balandroq ovoz chiqarishi kerak edi», degan mazmunda javob bergan Bachchan. Uning gapi Ranbir Kapur, Sai Pallavi va Ravi Dubeyni kuldirgan.

«Kaun Banega Krodepati 18» dasturining bayramga bag‘ishlangan maxsus sonlari 29 va 30 oktyabr kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar