Anil Kapur: “Bir paytlar qarindoshimiz Raj Kapurning garajida yashaganmiz”

Anil Kapur: “Bir paytlar qarindoshimiz Raj Kapurning garajida yashaganmiz”
Qisqacha

Anil Kapur oilasi Mumbayga ilk ko‘chib kelganida moddiy qiyinchilik sabab qarindoshi Raj Kapurning garajida yashagan. U aktyorlik faoliyatini boshlash uchun uzoq yillar tinimsiz mehnat qilgan, bu davrda rafiqasi Sunita unga doimo dalda bergan. Juftlik 1984 yilda turmush qurgan, ularning Sonam Kapur, Xarshvardxan Kapur va Riya Kapur ismli uch farzandi bor. Kapur muvaffaqiyatiga oilasi va rafiqasining ishonchi katta ta'sir ko'rsatganini ta'kidlagan.

Bollivudning afsonaviy aktyori Anil Kapur bugun dunyoning eng mashhur hind kino yulduzlaridan biri bo‘lsa-da, uning muvaffaqiyat sari yo‘li oson kechmagan.

Aktyor avvalgi intervyularidan birida oilasi Mumbayga ilk ko‘chib kelganida moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgani, shu sababli qarindoshi Raj Kapur oilasiga tegishli garajida yashaganini eslagan. "U vaqtda men hech kim edim. Kastingdan kastingga chopib yurardim, hech kim menga ishonmasdi. Hattoki, qarindoshim bo‘la turib Raj Kapurni o‘ziyam meni rolga olmagan! Chunki, u filmlariga faqat o‘z o‘g‘illari va bojasini olardi", deb eslaydi aktyor. Keyinchalik ular oddiy bir xonali uyga ko‘chib o‘tgan va Anil aktyorlik faoliyatini boshlash uchun uzoq yillar tinimsiz mehnat qilgan.

Guruh bo‘lib tushgan odamlar tantanali tadbirda birga suratga tushmoqda.

Bu og‘ir davrda uning eng katta tayanchi rafiqasi Sunita bo‘lgan. O‘sha paytda u taniqli model sifatida faoliyat yuritganiga qaramay, Anilning orzulariga ishongan va uni doimo qo‘llab-quvvatlagan. Juftlik 1984 yilda turmush qurgan va bugungi kunda ularning uch farzandi hamda bir necha nabiralari bor. Farzandlari 2 qiz va 1 o‘g‘il: Sonam Kapur, Xarshvardxan Kapur, Riya Kapur.

Anil Kapur ko‘plab intervyularida muvaffaqiyatga erishishida oilasi va rafiqasining ishonchi hal qiluvchi omillardan biri bo‘lganini alohida ta’kidlab keladi.

Anil Kapur kulrang kostyumda tadbir fonida jilmayib turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar