Bir epizod uchun millionlar: Bollivud yulduzlari qancha gonorar oladi?

Bir epizod uchun millionlar: Bollivud yulduzlari qancha gonorar oladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Bollivud yulduzlari televizion loyihalarda boshlovchilik qilib, katta daromad orttirishmoqda.
  • Jumladan, Amitabh Bachchan har bir epizod uchun 5 kror (taxminan 500 000 dollar), Salmon Xon esa 14 kror (taxminan 1 400 000 dollar) gonorar oladi.
  • Amir Xon va Shohruh Xon har bir epizod uchun 3 kror (taxminan 300 000 dollar), Akshay Kumar esa 1,5 kror (taxminan 150 000 dollar) haq olgan.

Hindiston televideniyesida so‘nggi 10 yil ichida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Bu jarayonda Bollivudda katta shuhrat qozongan aktyorlarning televizion loyihalarga boshlovchi sifatida jalb etilishi muhim omillardan biri bo‘ldi.

Mashhur aktyorlar ham bunday takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Teleboshlovchilik ularga nafaqat qo‘shimcha va salmoqli daromad olish, balki o‘z mashhurligini yanada mustahkamlash imkonini ham beradi. Ayrim yulduzlar esa birgina epizod uchun millionlab dollarga teng gonorar oladi.

Akshay Kumar — 1,5 kror, taxminan 150 000 dollar

Hind aktyori Akshay Kumar qorong‘i fonda tabassum bilan qarab turibdi.

Akshay Kumarni teleboshlovchi sifatida ekranda ko‘rganiga muxlislar ancha bo‘ldi. Aktyor faoliyatining avvalgi davrlarida «Master Chief India» hamda «Hatran Ke Hiladi» shoulariga boshlovchilik qilgan.

Ushbu dasturlarning har bir epizodi uchun Akshay Kumarga 1,5 krordan gonorar to‘langani ma’lum.

Biroq aktyor Hindistonning eng mashhur yulduzlaridan biri sanalishiga qaramay, u boshlovchilik qilgan mazkur dasturlar kutilgan darajada xitga aylanmagan.

Amir Xon — 3 kror, taxminan 300 000 dollar

Qora futbolka kiygan hind aktyori Amir Xon gapirmoqda.

Televideniyeda ijtimoiy mavzularni ko‘targan loyihalardan biri Amir Xon asos solgan «Satyamev Jayate» tok-shousi bo‘lgan. Dasturda hayotdagi haqiqiy voqealar namoyish etilib, jamiyatdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Xon har bir epizod uchun 3 krordan haq olgan. Uning ishtiroki tok-shousining xit darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qilgan.

Shohruh Xon — 3 kror, taxminan 300 000 dollar

Kutubxona oldida o‘tirgan va oq ko‘ylak kiygan Shohrux Xon.

Bollivud qiroli Shohruh Xon ham televizion loyihalarda boshlovchilik qilgan mashhur aktyorlardan. Uning televizion shoulardagi faoliyati «Paanchvi Pass Se Tej Hay», «Kaun, Banega Krorepati» va «Zor Ka Jhatka» kabi dasturlarni ham qamrab olgan.

Shu bilan birga, aktyor boshlovchilik uchun eng yuqori gonorarni o‘tgan yili «Ted Talks India» shouida olgan. Unga dasturning har bir epizodi uchun 3 krordan haq to‘langan.

Amitabh Bachchan — 5 kror, taxminan 500 000 dollar

Amitabx Bachchan qora kostyum va ko‘zoynakda jiddiy qiyofada turibdi.

Hindistonda eng ko‘p tomosha qilinadigan televizion loyihalardan biri — Sony TV orqali namoyish etiladigan «Kaun Banega Krorepati». Ushbu dasturning ommalashishida Amitabh Bachchanning xizmatlari alohida qayd etiladi.

Aktyor oddiy odamlar bilan suhbatlashib, ularni shouda ishtirok etishga jalb qiladi. Uning ekrandagi ishtiroki dasturga o‘ziga xos muhit bag‘ishlaydi.

Amitabh Bachchan har bir epizod uchun 5 krordan gonorar oladi. Aytishlaricha, shouning erishgan mashhurlik darajasini janob Bachchan kabi boshqa inson yuqori darajada ushlab tura olmaydi.

Salmon Xon — 14 kror, taxminan 1 400 000 dollar

Qora futbolka kiygan hind aktyori Salmon Xon kresloda o‘tiribdi.

Teleboshlovchilikdan eng katta daromad oladigan Bollivud yulduzlaridan biri — Salmon Xon. Uning nomi va mashhurligi ko‘pincha film yoki televizion shouning ommalashishi uchun yetarli bo‘ladi. Shu bois loyiha mualliflari unga talab qilgan miqdorda gonorar to‘lashga tayyor.

Salmon Xon «Katta boss» dasturidagi ishtiroki uchun avval 11 kror miqdorida haq olgan. Ayni paytda esa aktyorga shouning har bir epizodi uchun 14 krordan to‘lanmoqda.

«Katta boss»ning mashhur bo‘lishida ham Salmon Xonning roli katta. Uning dasturdagi ishtiroki muxlislarda doim qiziqish uyg‘otadi. Aktyor ishtirokchilar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish, ularga turli tavsiyalar berish va dam olish kunlarida yo‘l qo‘yilgan nomaqbul xatti-harakatlarni muhokama qilish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar