2 190
«Shon-shuhratga tayyor emasdim». Keyt Uinslet «Titanik» taqdimotidan so‘ng keskin tanqidlarga uchragani haqida

Foto: Getty Images
Bugungi kunda iste’dodi va ijro mahoratiga hech kim shubha qilmaydigan Keyt Uinslet, karerasini boshlaganida tanqidlar nishoniga uchragani haqida aytib berdi.
Rejissyor Jeyms Kemeronning «Titanik» filmida 22 yoshida suratga tushgan aktrisa omma e’tiboriga tayyor bo‘lmagan. Aktrisa Mark Maron bilan bo‘lgan suhbatda matbuotdagi turli munosabat va tanqidlar uni sindirishiga sal qolganini ma’lum qilgan .
U «Titanik»ning premerasidan keyin o‘zini-o‘zi himoyalash rejimini «yoqishi»ga to‘g‘ri kelgani, Britaniya tabloidlari uni tanqid qilish uchun imkon qochirmaganini ta’kidlagan. Aktrisa uchun bularning bari juda ham og‘ir bo‘lgan va hammasi tezroq tugashini kutgan. «O‘sha vaqt men shon-shuhratga erishishning boshqa tarafi bilan tanishganman va men bunga tayyor bo‘lmaganman», — degan Uinslet.
Matbuotdagi malomatlar ta’sirida aktrisa, katta loyihalarda ishtirok etishga rozilik berishdan cho‘chigan. Aktyorlik mahoratini o‘rganishda davom etgan Keyt, o‘zini Gollivud filmlarida suratga tushish uchun tayyor emas deb hisoblagan. Omadsizlik va xato qilishdan qo‘rqqan, ammo suratga tushish fikridan qaytmagan.
«Men kasbimni yaxshiroq tushunish va qadr-qimmatni saqlab qolish uchun ikir-chikirlarga e’tibor qaratishga uringanman», — deb qo‘shimcha qiladi aktrisa.
Uch yil o‘tib Keyt farzandli bo‘lganidan keyingina Britaniya tabloidlari uni tinch qo‘ya boshlagan. Bu vaqtga kelib o‘zi ham tanqid va begona fikrlarga ortiqcha e’tibor bermagan va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullana boshlagan.
Oradan 23 yil o‘tib, aktrisa Jeyms Kemeron bilan qayta hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. U suratga tushayotgan «Avatar» sikveli 2021 yilda efir yuzini ko‘radi. Uchinchi sikvel 2024 yilda, to‘rtinchisi 2026 yil, beshinchisi esa 2028 yilda taqdim qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mashhur “Titanik” filmidagi aktrisa Keyt Uinslet haqida qiziqarli faktlar

Titanik filmi haqida biz bilmagan qiziqarli faktlar

Sohibjamol Keyt Uinslet qanday qilib Titanik filmiga tanlangan edi?

«Titanik»: afsona haqida afsona

“Titanik” yulduzlari aysberglarni qutqarishga bel bog‘lashdi

Keyt Uinslet ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotini oldi