177
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar almashildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chegara masalasi hal qilinishidagi sa’y-harakatlari uchun Qirg‘iziston rahbariga minnatdorchilik bildirdi.
«Biz har bir masalani har tomonlama puxta, shoshilmasdan ko‘rib chiqdik. Va bizda endi hech qanday muammoli savollar yo‘q.
Qirg‘iziston va O‘zbekiston mustaqilligining 31 yili davomida tarixda birinchi marta bunday darajadagi munosabatlarga erishdi. Hamkasbim Sadir Nurgojayevichga shaxsan qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Chegara masalalarida ham uning siyosiy irodasi bo‘lmaganida, natijaga erishmagan bo‘lardik. Xuddi avvalgidek: «Ha, qilamiz, lekin ertaga va indinga...» deyish mumkin edi. Ammo «ertaga» deyish bilan 30 yil o‘tdi va biz bu masalalarni hal qilganimiz yo‘q. Shuning uchun, ayniqsa, Qirg‘iziston prezidentiga yana bir bor o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman», dedi O‘zbekiston rahbari.
Shundan so‘ng ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari, hukumat vakillari ishtirokida hujjatlarni almashish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida almashinilgan ikki tomonlama hujjatlar:
1. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida Deklaratsiya;
2. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish to‘g‘risida Bayonnoma;
3. O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish to‘g‘risida Bitim;
4. 2006 yil 3 oktabrda imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma;
5. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
6. 2017 yil 6 sentyabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlarining vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma;
7. O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida strategik savdo-iqtisodiy sheriklik to‘g‘risida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur;
8. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati o‘rtasida o‘zaro savdoda bojxona statistikasi ma’lumotlarini almashishda hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida Bayonnoma;
10. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi bilan Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati o‘rtasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan shubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni oldini olish, aniqlash va to‘xtatish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Bayonnoma;
11. O‘zbekiston energetikaa vazirligi va Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
12. O‘zbekiston energetikaa vazirligi va Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida ko‘mir sanoatida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bitim;
13. O‘zbekiston energetika vazirligi va Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida «Chotqol» GES kasakadi qurilishi bo‘yicha Anglashuv memorandumi;
14. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Qirg‘iziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligi o‘rtasida sanoatning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
15. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi v Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Investiyalar milliy agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
16. O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi va Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
17. O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi intellektual mulk va innvatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
18. O‘zbekiston va Qirg‘izston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar Rejasi;
19. O‘zbekistonning Jizzax viloyati hokimiyati bilan Qirg‘iziston prezidentining Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili apparati o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
20. O‘zbekistonning Andijon viloyati va Qirg‘izistonning O‘sh viloyati o‘rtasida hamkorlikning kengaytirish 2023-2025 yillarga mo‘lajallangan kompleks Dastur («Yo‘l xaritasi»);
21. O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati va Qirg‘izistonning Botken viloyati administratsiyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Kompleks dastur («Yo‘l xaritasi»);
22. O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2025 yillarga mo‘lajallangan kompleks Dastur («Yo‘l xaritasi»);
23. O‘zbekistonning Jizzax viloyati va Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2025 yillarga mo‘lajallangan kompleks Dastur («Yo‘l xaritasi»);
24. «O‘zeltexsanoat» AJ bilan Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumi;
25. «Bahodir Log‘on Tekstil» MCHJ bilan Qirg‘iziston prezidentining Norin viloyatidagi vakolatli vakili apparati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi