date

Uchtepa tumanidagi qurilish bozori bloklaridan biri yopildi

Uchtepa tumanidagi qurilish bozori bloklaridan biri yopildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan mashhur "Stroy gorod" qurilish bozori bloklaridan biri vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 9 fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan qurilish bozoridagi savdo binolari va xonalar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida bozorning 2 blokida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagunicha, ushbu hududda faoliyat yuritishga vaqtincha cheklov qo‘yildi.

Mutasaddilar kamchiliklar bartaraf etilgach, blok faoliyati tiklanishini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uchtepa tumanidagi qurilish bozori bloklaridan biri yopildi