Toshkentda Farhod bozori yaqinida «yashil yo‘lak» ishga tushdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Farhod ko‘chasida yangi «yashil yo‘lak» tizimi ishga tushirildi. Uning uzunligi 1,8 kilometr bo‘lib, Kichik halqa yo‘li bilan kesishgan joydan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Bu haqda 16 noyabr kuni Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qilgan.
Loyiha doirasida ushbu yo‘nalishdagi yettita svetofor majmuasining ishlash tartibi qayta ko‘rib chiqilgan. Endi ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha Kichik halqa yo‘li va «Chilonzor» metro bekati tomon harakatlanayotgan transport vositalariga ustuvorlik beriladi.
Kunning qolgan qismida esa Katta Xirmontepa ko‘chasi va Uchtepa tumani hokimligi tomon harakatlanayotgan avtomobillar uchun qulaylik yaratiladi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi baholashicha, yangi tizim tufayli tirbandlik bo‘lmagan vaqtlarda ushbu yo‘l qismidan o‘tish vaqti 6,5 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqargan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…