Ramazonda ertadan boshlab 2000 dan ortiq masjidda "tarovih" o‘qiladi

Erta, 18 fevraldan boshlab respublika bo‘ylab 2000 dan ortiq masjidda tarovih namozlari o‘qiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tarovih namozlari har kuni soat 20:30 dan keyin boshlanadi va ularda taxminan 1 millionga yaqin fuqaro ishtirok etishi mumkin.
Jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash uchun qariyb 20 ming nafar ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi.
Masjidlar atrofi videokuzatuv kameralari bilan jihozlanib, ular monitoring markaziga ulangan. Shuningdek, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 2500 ga yaqin Yo‘l patrul xizmati xodimi xizmat olib boradi.
Ayrim masjidlar joylashgan ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi, kirish joylariga maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi va 150 metr masofada alohida avtoturargohlar tashkil etiladi. Favqulodda holatlar uchun 200 dan ortiq maxsus texnika ham tayyor holatga keltiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!