date

Vodiy yo‘nalishida ayrim poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

Vodiy yo‘nalishida ayrim poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 30 martdan boshlab ayrim yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Jumladan, 733 sonli "Andijon — Toshkent", 730/729 sonli "Toshkent — Andijon — Toshkent", 92 sonli va 94 sonli "Toshkent — Andijon" poyezdlari belgilangan kundan harakat qilmaydi.

Tashkilot yo‘lovchilardan kelib chiqgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va xarid qilingan chiptalar uchun to‘langan mablag‘larni to‘liq qaytarishini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, ayrim poyezdlar o‘zgarishsiz harakat qilishda davom etadi.

Jumladan, 125/126 sonli "Andijon — Xiva" va 129/130 sonli "Andijon — Termiz" poyezdlari Toshkent Janubiy bekatidan belgilangan jadval bo‘yicha harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Vodiy yo‘nalishida ayrim poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi