Toshkent metrosi 56 ta yangi vagon bilan to‘ldirildi

1 daqiqa o'qish72
Toshkent metrosi 56 ta yangi vagon bilan to‘ldirildi

Toshkent metropolitenida yangi o‘quv yili arafasida yo‘lovchilar uchun muhim yangilik amalga oshirildi. Metro uchun rejalashtirilgan 14 ta yangi harakat tarkibi — jami 56 ta vagon poytaxtga to‘liq yetkazib berildi.

Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Yangi avlod poyezdlari hozirda metropolitenning to‘rtta yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi vagonlarning xarid qilinishi natijasida metro harakat tarkibi parkining qariyb 70 foizi yangilandi.

Yangi poyezdlar hisobiga, ayniqsa, yo‘lovchilar eng ko‘p to‘planadigan tig‘iz vaqtlarda poyezdlar oralig‘i ham qisqartirildi.

Ayni paytda tig‘iz soatlarda poyezdlar Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqa hamda Yerusti halqa yo‘nalishida 7–8 daqiqalik intervalda harakatlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi ham yuqori ko‘rsatkichlarga yetmoqda. Xususan, 21 sentyabr kuni metro xizmatlaridan jami 1 mln 181 ming 581 nafar yo‘lovchi foydalanib, navbatdagi rekord natija qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?