date

1 apreldan Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakati taqiqlanadi

1 apreldan Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakati taqiqlanadi

2026 yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bog‘ ma’muriyati ushbu qarorni fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va bog‘da osoyishta sayr qilish muhitini yaratish maqsadida qabul qilgan.

So‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish natijasida bir qator noxush holatlar qayd etilgan. Ushbu holatlar davomida fuqarolar yiqilib, turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ayniqsa, bolalar, yoshlar va kattalar orasida bu kabi vaziyatlar ko‘payganligi kuzatilgan.

Botanika bog‘i ma’muriyati qaror asosida bog‘ hududini xavfsiz qilishga va piyoda yurishni rag‘batlantirishga e’tibor qaratmoqda. Endilikda bog‘ga tashrif buyurganlar velosiped yoki samokat o‘rniga piyoda sayr qilishi, tabiat manzaralaridan osoyishta bahramand bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 apreldan Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakati taqiqlanadi