O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarga issiqlik qachon berilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarga issiqlik qachon berilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni markazlashgan isitish tizimiga ulash ishlari 15 noyabrga qadar boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda 4 noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Ahadxon Isoqjonovning aytishicha, isitish mavsumini boshlash bo‘yicha yakuniy qaror hududlardagi ob-havo sharoitidan kelib chiqib qabul qilinadi.

Xususan, gidrometeorologiya markazlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida mahalliy hokimliklar tegishli qaror chiqaradi. Shundan so‘ng ko‘p qavatli uylar issiqlik tarmoqlariga bosqichma-bosqich ulanadi.

Isoqjonovning ta’kidlashicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik ta’minoti korxonalarining holati inspeksiya tomonidan o‘rganilgan. Kamchiliklar aniqlangan hududlarga ularni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Hozirda Toshkent shahri, Samarqand viloyati hamda Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda issiqlik ta’minoti korxonalari aniqlangan muammolarni bartaraf etib, markazlashgan tizimni ishga tushirishga tayyor holatga keltirilgan.

Demak, ko‘p qavatli uylarda isitish mavsumi 15 noyabrga qadar boshlanishi kutilmoqda. Biroq issiqlik qachon berilishi har bir hududdagi ob-havo sharoiti va hokimliklar qarorlariga bog‘liq bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar