Tunda shovqin qilganlarga 8,8 million so‘mgacha jarima

Tunda shovqin qilganlarga 8,8 million so‘mgacha jarima

O‘zbekistonda tungi vaqtda aholi osoyishtaligini buzadigan shovqin-suron uchun jazo choralari kuchaytirildi. Endi ayrim holatlarda qoidabuzarlik uchun 8,8 million so‘mgacha jarima solinishi mumkin.

Aholini ortiqcha shovqindan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan fuqarolarning tungi dam olishi va xotirjamligini ta’minlash bo‘yicha yangi talablar belgilandi. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, maishiy shovqin bilan bog‘liq talablarni birinchi marta buzgan fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, ya’ni 1,32 million so‘mdan 2,2 million so‘mgacha jarima qo‘llanadi.

Mansabdor shaxslar uchun esa birinchi qoidabuzarlikda jarima 4,4 million so‘mdan 6,6 million so‘mgacha etib belgilangan.

Agar xuddi shu qoidabuzarlik bir yil ichida yana takrorlansa, fuqarolarga 2,2 million so‘mdan 3,08 million so‘mgacha jarima solinadi.

Mansabdor shaxslar uchun takroriy qoidabuzarlikning jazosi yanada yuqori — 6,6 million so‘mdan 8,8 million so‘mgacha jarima belgilangan.

Yangi tartib tungi paytda baland ovozda musiqa qo‘yish, turli maishiy shovqinlar bilan qo‘shnilar tinchligini buzish kabi holatlarga nisbatan talablarni kuchaytiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar