O‘zbekistonda 50 yoshdan oshgan yuzlab ayollar turmush qurib hayotini yangidan boshlamoqda

O‘zbekistonda 50 yoshdan oshgan yuzlab ayollar turmush qurib hayotini yangidan boshlamoqda

O‘zbekistonda oila qurish turli yoshdagi insonlar hayotida yangi bosqichni boshlab bermoqda. 2026 yilning dastlabki olti oyida mamlakat bo‘yicha jami 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda turmush qurgan ayollarning 694 nafari 50 yosh va undan katta bo‘lgan. Bu esa oila qurish faqat yoshlik davriga xos emasligini ko‘rsatadi.

Nikohlarning asosiy qismi 20–30 yosh oralig‘idagi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yosh toifasida 49 280 nafar ayol turmush qurgan. Shuningdek, 20 yoshga to‘lmagan 32 902 nafar qizning nikohi ham rasman qayd etilgan.

Keltirilgan raqamlar mamlakatda turli yoshdagi insonlar oila qurayotganini ko‘rsatadi. Ayrimlar uchun oilaviy hayot yoshlikda boshlangan bo‘lsa, boshqalar uchun 50 yoshdan keyin ham yangi hayot sahifasini ochish imkoniyati mavjud.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar