O‘zbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonda oliy ta’lim olayotgan katta yoshli talabalar soni sezilarli darajada oshgan. 2025/2026 o‘quv yilida 40 yosh va undan katta talabalar soni 53 483 nafarga yetgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2010/2011 o‘quv yiliga nisbatan 52 867 nafarga ko‘p. O‘sha davrda 40 yoshdan katta talabalar soni atigi 616 nafarni tashkil etgan.

So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich ayniqsa tez sur’atlarda o‘sgan. Xususan, 2022/2023 o‘quv yilida 20 247 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023/2024 yilda 36 113 nafarga, 2024/2025 yilda 44 022 nafarga yetgan. 2025/2026 o‘quv yilida esa 53 483 nafarni qayd etgan.

Yillar kesimida 40 yoshdan katta talabalar soni:

  • 2010/2011 — 616 nafar;

  • 2015/2016 — 170 nafar;

  • 2016/2017 — 174 nafar;

  • 2017/2018 — 2 142 nafar;

  • 2018/2019 — 7 004 nafar;

  • 2019/2020 — 9 751 nafar;

  • 2020/2021 — 10 110 nafar;

  • 2021/2022 — 10 531 nafar;

  • 2022/2023 — 20 247 nafar;

  • 2023/2024 — 36 113 nafar;

  • 2024/2025 — 44 022 nafar;

  • 2025/2026 — 53 483 nafar.

Oliy ta'limdagi 40 yoshdan katta talabalar sonining yillar bo‘yicha statistik jadvali.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar