15 майда Ўзбекистонни нечи даража иссиқлик кутмоқда?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli past. Sharqiy yo‘nalishdan esuvchi shamol 3-8 metr/sekund tezlikda kuzatiladi. Kechasi havo harorati 16-18 daraja atrofida bo‘lsa, kunduzi 32-34 darajagacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ham quruq ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Hududlarda kunduzgi harorat 30-35 darajagacha yetadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa yanada issiq havo kuzatilib, termometr ko‘rsatkichi ayrim joylarda 37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shuningdek, kuchli shamol va chang ko‘tarilishi ehtimoli bor.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Kunduzi havo 30-35 darajagacha isiydi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng yuqori haroratlardan biri kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda kunduzi 37 darajagacha issiq bo‘lishi prognoz qilingan.
Farg‘ona vodiysi — Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo quruq bo‘ladi. Kunduzi harorat 30-35 daraja oralig‘ida saqlanadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati kunduzi 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
Mutaxassislar 15-22 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi borligidan ogohlantirdi. Shu bois aholidan ehtiyotkor bo‘lish so‘ralmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing