date

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonda yuz bergan tabiiy ofat munosabati bilan mamlakat rahbarlariga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Uttar-Pradesh shtatida kuchli yomg‘ir va bo‘ron oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani hamda jiddiy jarohat olgani ma’lum qilingan.

Davlat rahbari Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vazir Narendra Modiga yo‘llagan maktubida qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariga ta’ziya yo‘lladi