O‘zbekistonda erkaklar soni ayollardan qariyb 493 mingtaga ko‘p

2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 39,5 million kishiga yetdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, mamlakatda erkaklar soni ayollarnikidan qariyb yarim millionga ko‘p.
Jumladan, respublikada 20 million 14 ming nafar erkak va 19 million 521,2 ming nafar ayol istiqomat qiladi.
Aholining 21,5 million nafari shaharlarda, 18 million nafari esa qishloqlarda yashaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakatda 172 mingta nikoh qayd etilgan. Shu davrda 36,8 mingta oila rasman ajrashgan.
Shuningdek, to‘qqiz oy davomida 2 114 nafar kishi xorijdan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan bo‘lsa, 6 398 nafar fuqaro chet elga ko‘chib ketgan.






























Izohlar 0
…