Bojxona posti infratuzilmasi yaxshilandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i I.Agzamxodjayev tomonidan “S.Najimov” chegara bojxona posti faoliyatini o‘rganish davomida neytral hududdagi yo‘lning ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlangan edi. Belgilangan chora-tadbirlar doirasida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining “Qazig‘urt” chegara posti bilan tutash neytral hududning 300 kvadrat metrdan ortiq qismida asfalt qoplamasi yangilandi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi chegara infratuzilmasini takomillashtirish hamda fuqarolar va tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Boshqarma boshlig‘i I.Agzamxodjayev tomonidan “S.Najimov” chegara bojxona posti faoliyati va infratuzilmasini o‘rganish davomida muhim kamchilik aniqlangan edi. Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining “Qazig‘urt” chegara posti bilan tutash neytral hududdagi avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan yo‘lning ayrim qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar doirasida quyidagi ishlar bajarildi:
Mazkur neytral hududning 300 kvadrat metrdan ortiq qismida asfalt qoplamasi yangilandi.
Yo‘l infratuzilmasining texnik holati sezilarli darajada yaxshilandi.
Natijada chegara orqali harakatlanayotgan yengil va yuk avtotransport vositalarining xavfsiz, tezkor hamda uzluksiz harakatlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi. Mazkur amaliy ishlar transport oqimini samarali tashkil etish, tirbandliklarning oldini olish hamda chegara punktlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
































Izohlar 0
…