date
views 266

Milliy sport mukofoti-2023. Abdumalik Halokov eng yaxshi erkak sportchi deb topildi

Milliy sport mukofoti-2023. Abdumalik Halokov eng yaxshi erkak sportchi deb topildi

O‘zbekiston sportida eng yaxshilarni taqdirlash uchun “Milliy sport mukofoti-2023” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eng asosiy nominatsiyalarda quyidagi sportchilar g‘olib bo‘ldi:

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Asila Mirzayorova (para yengil atletika);

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Xayitmurod Sherqo‘ziyev (para kanoe);

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Gleb Groysman (velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika);

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Abdumalik Halokov (boks).

Shuningdek, tadbirning navbatdagi blokida quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun: Sevinch Rahimova;

Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston boks federatsiyasi;

Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Go‘zal Muminova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy sport mukofoti-2023. Abdumalik Halokov eng yaxshi erkak sportchi deb topildi