Asila Mirzayorova qizining bir yoshini Dubayda nishonlamoqda (video)

O‘zbekistonlik paralimpiyachi Asila Mirzayorova oilasida quvonchli kun. Sportchi qizi Rihanani bir yoshga to‘lgani munosabati bilan Dubayda tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Asila Mirzayorova bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qilib, bayramga tayyorgarlik jarayonidan videoni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
“Bugun shirin qizimiz Rihanani tug‘ilgan kuni. Qizimiz bir yoshga kiradi. Tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Dubayga keldik. Bugun barcha yaqinlari bilan birgalikda qizimizning quvonchiga sherik bo‘lamiz.
O‘ylaymanki, qizimiz katta bo‘lganida bu videolarni ko‘rib, juda ham xursand bo‘ladi. Ota-onasi uni qanchalik yaxshi ko‘rishini, unga uzoq umr tilashini ko‘rib, quvonadi”, — deydi sportchi.
Sportchining kuzatuvchilari ham ushbu quvonchli kun munosabati bilan oilani tabriklab, kichkina Rihanaga uzoq umr, baxt va sog‘lik tilamoqda.
Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova 2025 yil 22 noyabr kuni qiz farzandli bo‘lgan edi. Bugun esa Rihana o‘zining ilk tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…