23:43 / 02.02.2025
102

Farhod Nishonov Oʻzbekiston U20 terma jamoasining gʻalabasi haqida nimalar dedi?

Farhod Nishonov Oʻzbekiston U20 terma jamoasining gʻalabasi haqida nimalar dedi?
Oʻzbekiston U20 - Xitoy U20 jamoalari oʻrtasidagi nazorat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida vakillarimiz 5:4 hisobida gʻalaba qozondi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Farhod Nishonov oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi oʻyin oʻtkazdik. Xitoy ham kuchli jamoa ekan. Himoyada juda ham tartibli harakat qilishdi. Oʻyinimizga keladigan boʻlsak, deyarli koʻnglim toʻldi. Reja boʻyicha, tanlagan tarkibimiz oʻzini oqladi.

Uchrashuv oxirida gol oʻtkazib yubordik. Oʻzi gʻalaba qozonishimiz kerak edi. Butun tarkibni almashtirdik, zaxiradan tushganlar moslasha olmadi yoki oʻzini koʻrsata olmadi. Shuni hisobiga darvozamizdan toʻp olib chiqdik.

Jamoamizning kayfiyati a'lo darajada. Yigitlar kundan-kunga musobaqaga tayyor boʻlib bormoqda. Bugungi bellashuv kim qanchalik tayyorligini ham koʻrsatdi. Bu nazorat oʻyinidan maqsad ham shu edi.

Adaptatsiya jarayoni yaxshi kechmoqda. Hammasini hisob-kitobini olganmiz va shuning uchun Xitoyga erta kelganmiz. Vaqt bor, namlik bor - hammasi joyiga tushmoqda", - dedi Nishonov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport