date

"Al Hilol" qachon Qarshida maydonga tushadi?

"Al Hilol" qachon Qarshida maydonga tushadi?

"Nasaf" klubining Elit OCHLdagi rasmiy taqvimi e’lon qilindi va muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Endi barcha uchun asosiy savol — "Al Hilol" qachon Qarshiga tashrif buyuradi, degan savolga javob topildi.

1-tur bellashuvi 15 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tadi. Unda "Nasaf" jamoasi 23:15da "Al Ahli"ga qarshi maydonga chiqadi. Bu bellashuv g‘oyat qiyin kechishi kutilmoqda, chunki Saudiya klubi o‘z maydonida ancha kuchli o‘yin namoyish etadi.

2-tur esa muxlislar uchun eng katta intriga bo‘lib turibdi. Chunki 29 sentyabr kuni soat 18:45da Qarshida "Nasaf" klubi dunyodagi eng nufuzli jamoalardan biri sanalgan "Al Hilol"ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin nafaqat Elit OCHL doirasining eng muhim bellashuv, balki mahalliy futbol muxlislari uchun ham katta bayram bo‘lishi shubhasiz.

3-tur 21 oktyabr kuni BAA maydonlarida bo‘lib o‘tadi. "Nasaf" soat 21:00da "Shabab Al Ahli"ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin ham juda ahamiyatli, chunki raqib kuchli tarkibga ega.

4-tur esa 3 noyabr kuni Qarshida o‘tadi. Soat 18:45da "Nasaf" o‘z maydonida BAA klubi "Al Vahda"ga qarshi kurashadi. Ushbu bellashuv mahalliy muxlislar uchun yana bir qiziqarli voqeaga aylanishi kutilmoqda.

5-tur 24 noyabr kuni o‘tkaziladi. "Nasaf" o‘z maydonida soat 18:45da Eron klubi "Traktor"ga qarshi bahs qiladi. Bu jangda ham keskin raqobat bo‘lishi tabiiy.

6-tur 23 dekabr kuni kechgi soat 23:15da Saudiyada "Al Ittihod"ga qarshi o‘yin bilan davom etadi. Bu safar "Nasaf" safarda murakkab sinovdan o‘tadi.

7-tur 9 fevral kuni Qarshida o‘tadi. Soat 18:45da "Nasaf" Iroqning "Al Shorta" klubini qabul qiladi.

8-tur esa 16 fevral kuni BAAda bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechda "Nasaf" soat 21:00da "Sharja"ga qarshi maydonga tushadi.

Xulosa qilib aytganda, 29 sentyabr kuni "Al Hilol"ning Qarshiga tashrifi mahalliy futbol tarixi uchun unutilmas voqeaga aylanishi kutilmoqda. Muxlislar esa albatta stadionni to‘ldirib, o‘z jamoasiga qo‘llab-quvvatlashlarini namoyon qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Hilol" qachon Qarshida maydonga tushadi?