Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun navbatdagi sinov kutmoqda. CAFA Nations Cup-2025 musobaqasining 2-turida Temur Kapadze shogirdlari «Olimpiya» stadionida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 19:30da start oladi va uni Sport telekanali orqali jonli tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze uchrashuv oldidan asosiy tarkibni e’lon qildi. Unga ko‘ra, maydonga quyidagi futbolchilar tushiriladi: Botirali Ergashev, Farrux Sayfiyev, Muhammadqodir Hamraliyev, Abdurauf Bo‘riyev, Abdulla Abdullayev, Igor Sergeev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Diyor Xolmatov, Dilshod Komilov, Alisher Odilov va Ruslan Jiyanov.
Zaxira o‘rindig‘ida esa tajribali va yosh o‘yinchilar kutmoqda: O‘tkir Yusupov, Alibek Davronov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Aziz G‘aniyev, Hojimat Erkinov, Oston O‘runov, Husayn Norchayev va Avazbek O‘lmasaliyev.
Eslatib o‘tamiz, CAFA Nations Cup-2025ning ilk turida O‘zbekiston terma jamoasi O‘mon bilan durang qayd etgan, Turkmaniston esa Qirg‘izistonga qarshi bahsda g‘olib va mag‘lub aniqlanmagan natijaga rozi bo‘lgan.
Har ikki jamoa ham bu safar maydonda faqat g‘alaba haqida o‘ylaydi. Chunki musobaqa yo‘lida har bir ochko hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘yin nafaqat jamoalarning kuchini, balki ularning turnirdagi katta maqsadlarga qay darajada tayyorligini ham ko‘rsatib beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!