date

Benzema 500-gollik rekordini xet-trik bilan yo‘lladi

Benzema 500-gollik rekordini xet-trik bilan yo‘lladi

“Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema professional faoliyatida 500-gollik marrani zabt etdi. Fransiyalik forvard Saudiya Arabistoni chempionati birinchi turidan o‘rin olgan “Al-Ohdud”ga qarshi bellashuvda (5:2) xet-trik qayd etdi. Uning ikkinchi goli butun karyerasidagi yubiley to‘p bo‘lib, 961 o‘yinda 501-golga erishish imkonini berdi.

37 yoshli futbolchi professional yo‘lini “Lion”da boshlab, 2004–2009 yillarda asosiy tarkibda to‘p surgan. Keyin esa 14 yil davomida “Real Madrid” sharafini himoya qildi. 2023 yilda “qaymoqranglilar” safini tark etgan Benzema hozirgi kunda Saudiya klubi “Al-Ittihod” bilan shartnoma asosida harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Benzema 500-gollik rekordini xet-trik bilan yo‘lladi